
Yoshlar kuni munosabati bilan universitetda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Agentlik tomonidan uchrashuvda direktor, texnika fanlari bo‘yicha PhD Akmal Jumanazarov; direktorning ilmiy-tadqiqot masalalari bo‘yicha maslahatchisi, professor Naibaxon Mamadaliyeva hamda O‘zbekiston Milliy metrologiya instituti Samarqand filiali rahbari Dilshod Turaev ishtirok etdi.
Uchrashuvda texnik jihatdan tartibga solish sohasining bugungi kundagi o‘rni, yosh mutaxassislar uchun ochilayotgan imkoniyatlar va universitet bilan hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi; talabalar o‘z savollariga mutaxassislardan javob oldi.