
«Innovatsiyalar Jiangsuʼni rivojlantiradi, hamkorlik Markaziy Osiyoni bog‘laydi» mavzusida tashkil etilgan Jiangsu–Markaziy Osiyo davlatlari sanoat va ta’lim integratsiyasi bo‘yicha almashinuv uchrashuvi hamda Xalqaro mujassam intellekt innovatsion tanlovi doirasidagi Markaziy Osiyo robototexnika ixtisoslashtirilgan musobaqasida Samarqand davlat texnika universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalari munosib ishtirok etdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, SDTU jamoasi yuqori natija ko‘rsatib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Mazkur g‘alaba universitetning yangi nom ostidagi ilk xalqaro yutug‘i bo‘lib, ilm-fan, innovatsiya va robototexnika sohalaridagi salohiyatining yana bir bor e’tirof etilganidan dalolat beradi.
G‘oliblarni ushbu tarixiy muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz va kelgusi faoliyatlarida yanada ulkan zafarlar tilaymiz!