Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti

Axborot texnologiyalari

Shaimov Komiljon Mirzakabulovich — Axborot texnologiyalari kafedrasi mudiri
Shaimov Komiljon MirzakabulovichKafedra mudiri

Telefon: +998 93 722 81 87  ·  Ilmiy darajasi: Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)  ·  Chet tillarini bilishi: Rus tili, ingliz tili  ·  Qabul vaqti: Har kuni 14:00 – 16:00 (shanba va yakshanbadan tashqari)

E-pochta: shaomov.komiljon@samdaqu.edu.uz

Kafedra haqida

«Axborot texnologiyalari» kafedrasi «Oliy matematika» kafedrasi zaminida 1978-yilda dotsent Ya.Yo.Yorbekov rahbarligida «Amaliy matematika va QABS» nomi bilan tashkil topdi. Keyingi yillarda kafedrani dotsent U.S.Sarimsaqov (1984–1989), professor T.X.Xolmatov (1989–2005), dotsent U.A.Nazarov (2006–2017), PhD A.A.Karimov (2017–2023) va 2023-yildan PhD K.M.Shaimov boshqarib kelmoqda.

Kafedra 1999-yildan «Informatika», 2011-yildan «Informatika va axborot texnologiyalari», 2015-yildan «Axborot texnologiyalari» nomi bilan yuritiladi; 2023-yil 1-mayda universitetning yangi tashkiliy tuzilmasida shu nom bilan qayta tashkil qilindi.

Bugungi kunda kafedrada asosiy shtatda 7 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib boradi: 2 nafar falsafa doktori (PhD) va dotsent, 2 nafar katta o‘qituvchi, 2 nafar o‘qituvchi-assistent va 1 nafar stajyor-o‘qituvchi. Kafedraning ilmiy salohiyati 50 foiz, o‘qituvchilarning o‘rtacha yoshi 39 yosh.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish