Madaniy meros obyektlarini asrash

Telefon: +998 90 271 12 12 · Ma’lumoti: Oliy · Ilmiy darajasi: Arxitektura fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) · Ilmiy unvoni: Dotsent · Chet tillarini bilishi: Rus va fors tillari · Mutaxassisligi: Arxitektor · Qabul vaqti: Har kuni 15:00 – 17:00 (shanba va yakshanbadan tashqari)
Kafedra haqida
«Madaniy meros obyektlarini asrash» kafedrasi 2023-yildan faoliyat boshlagan. U O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi «Madaniy meros sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-416-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, fakultetdagi yangi kafedralar qatorida tashkil etildi.
Madaniy meros obyektlarini asrash fakulteti universitetning o‘quv-ilmiy va ma’muriy bo‘linmasi bo‘lib, kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq tegishli ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalarni o‘qitadi, ta’lim-tarbiya jarayonlarini uzviy olib boradi hamda tarkibidagi kafedralarning ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtiradi.