Geomatika muhandisligi

Qabul vaqti: Har kuni 15:00 – 17:00 (shanba va yakshanbadan tashqari) · Telefon: +998 97 923 16 08 · Ilmiy darajasi: Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
E-pochta: niyazov.voxid@samdaqu.edu.uzKafedra haqida
«Geomatika muhandisligi» kafedrasi 1967-yildan boshlab faoliyat ko‘rsatmoqda: u umumiy muhandislik fanlari kafedrasidan ajralib chiqib, dastlab «Muhandislik geodeziyasi» nomini olgan. Kafedra 1996-yilda «Geodeziya va yer kadastri», 2000-yilda «Geodeziya» nomi bilan yuritildi; 2018-yilda u «Geodeziya va kartografiya» hamda «Bino va inshootlar kadastri» kafedralariga bo‘lindi, 2023-yilda esa ikkalasi «Geomatika muhandisligi» nomi ostida qayta birlashtirildi.
Hozirgi vaqtda kafedra O‘zbekistonda «Geomatika muhandisligi», «Kadastr (faoliyat turlari bo‘yicha)», «Geodeziya, kartografiya va kadastr (qurilish)» ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlaydigan yetakchi maskandir. Bitiruvchilar Kadastr agentligi, Respublika Aerogeodeziya markazi, «O‘zDAVYERLOYIHA» instituti va yetakchi loyiha tashkilotlarida faoliyat yuritishmoqda. Kafedra 11.00.06 – «Geodeziya. Kartografiya», 11.00.07 – «Geoinformatika» va 06.01.10 – «Yer tuzish, kadastr va yer monitoringi» ixtisosliklari bo‘yicha tayanch doktoranturaga ham ega.
Bugungi kunda kafedrada 31 nafar professor-o‘qituvchi va 2 nafar o‘quv-yordamchi xodim faoliyat olib boradi: 1 nafar fan doktori, professor; 10 nafar fan nomzodi, dotsent; 10 nafar katta o‘qituvchi; 7 nafar o‘qituvchi va 3 nafar stajyor-o‘qituvchi. Kafedra jamoasi 20 dan ortiq darslik, 40 ga yaqin o‘quv qo‘llanma, 10 ta monografiya va 5000 dan ortiq ilmiy maqola chop etgan; hozirgacha 1000 dan ziyod bakalavr, 100 dan ziyod magistr va 10 dan ziyod fan nomzodi va falsafa doktori tayyorlangan.