Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Universitet/Kampus va infratuzilma

Kampus va infratuzilma

Universitetning moddiy-texnik bazasi: axborot-resurs markazi, sport majmuasi va raqamli ta’lim texnologiyalari markazi.

Oldida zinapoyali maydoni bo‘lgan zamonaviy o‘quv binosi

Moddiy-texnik baza

Universitetga ustavda nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish uchun davlat tomonidan operativ boshqarish huquqi bilan binolar, inshootlar, mulkiy majmualar va oliy ta’lim muassasasining pasportiga muvofiq asbob-uskunalar, shuningdek iste’mol, ijtimoiy va madaniy maqsadlar uchun zarur bo‘lgan mol-mulk biriktirilgan. Universitetga ajratilgan yer uchastkalari muddatsiz va tekin foydalanishga berilgan.

Universitet qoshidagi tibbiy-sanitariya muassasasiga, shuningdek uning hududida joylashgan hamda talabalar, tinglovchilar va xodimlarga xizmat ko‘rsatadigan oshxona va boshqa umumiy ovqatlanish muassasalariga isitish, yoritish va suv ta’minotiga ega xonalar ajratiladi. Binolarni ta’mirlash, rekonstruksiya qilish yoki yangilarini qurish qonunchilikda belgilangan tartibda moliyalashtiriladi.

Kampus bo‘ylab

Universitetning to‘liq nomi yozilgan darvozasi
Universitet darvozasi
Bosh o‘quv binosining old tomoni va undagi maydon
Bosh o‘quv binosi
Arxitektura fakulteti binasiga kirish
Arxitektura fakulteti
Kampus binolari orasidagi daraxtzor xiyobon
Kampus binolari orasidagi xiyobon
“Faollar zali” binosi
“Faollar zali”
Universitetning anjumanlar zali
Anjumanlar zali
“Ilmiy markazlar” binosi
“Ilmiy markazlar” binosi
“5 tashabbus markazi” binosi
“5 tashabbus markazi”
Kampusdagi Knauf maslahat markazi
Knauf maslahat markazi

Raqamlarda

400 879Axborot-resurs markazi fondidagi nashrlar
132 857Elektron kitob
8Sport inshooti
3 836 m²Sport maydonlarining umumiy maydoni

Axborot-resurs markazi

Universitetning Axborot-resurs markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 20-iyundagi PQ-381-son qarori bilan tashkil etilgan. Markaz faoliyati 2023-yil 9-yanvarda tasdiqlangan nizom bilan tartibga solinadi; markazda sakkizta shtat birligi mavjud.

Umumiy fondda 121 612 nomdagi 400 879 nashr saqlanadi: 203 299 o‘quv adabiyoti, 32 824 ilmiy adabiyot, 52 220 badiiy adabiyot, 8 500 xorijiy adabiyot va 104 036 boshqa nashr, shuningdek 258 audiokitob. «Elektron kutubxona» platformasiga 132 857 elektron kitob joylashtirilgan.

Markazda to‘rtta o‘quv zali bo‘lib, bir vaqtning o‘zida 120 kishiga xizmat ko‘rsatiladi; 28 o‘rinli kompyuter sinfi, xodimlar uchun 10 ta kompyuter, 5 ta skaner va 5 ta printer mavjud. Bosh o‘quv binosi ta’mirdan chiqqach 645 ta yangi kitob javoni va 17 ta kartoteka katalogi o‘rnatildi; barcha xonalar konditsioner va video kuzatuv bilan jihozlangan. Jismoniy imkoniyati cheklangan talabalar uchun birinchi qavatda kompyuterdan foydalanish sharoiti yaratilgan. Barcha kompyuterlar internetga ulangan, Wi-Fi tezligi 600 Mbit/s.

Markazdan 348 nafar professor-o‘qituvchi, 35 nafar ilmiy izlanuvchi va tadqiqotchi hamda 5 341 nafar bakalavr va magistratura talabasi foydalanadi — jami 5 889 foydalanuvchi; kunlik tashrif 400–550 kishini tashkil etadi. Markaz universitet qoshidagi akademik litseyga ham xizmat ko‘rsatadi. U O‘zbekiston Milliy kutubxonasining elektron axborot tizimiga integratsiya qilingan: foydalanuvchilar jahon axborot resurslari, dissertatsiyalar bazasi, video va audio kitoblar hamda xalqaro gazeta va jurnallar bazalaridan foydalana oladi.

2024-yil sentabridan buyon Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi «Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi»dan 80 ta darslik, 220 ta o‘quv qo‘llanma, 42 ta lug‘at, 2 ta monografiya va 1 ta amaliy qo‘llanma xarid qilindi; bundan tashqari 78 nomdagi 371 nusxa badiiy adabiyot olindi.

O‘quv zallari

Kutubxonaning o‘quv zalida shug‘ullanayotgan talabalar
O‘quv zali
Kutubxona javonlari yonidagi stolda kitob o‘qiyotgan talabalar
Ochiq javonlar va o‘qish stollari
Ikki talabaga kitob ko‘rsatayotgan kutubxonachi
Kutubxonachi yordami

Uchrashish va o‘qish uchun joylar

Shavkat Mirziyoyev iqtibosi ostida, talabalar dam olish maskanida o‘tirgan ikki talaba
Talabalar dam olish maskani
Talabalar dam olish maskanida shaxmat o‘ynayotgan talabalar
Dam olish maskanidagi shaxmat stollari
Talabalar dam olish maskanida suhbatlashayotgan uch talaba
Darslar orasidagi tanaffus
Sokin xonada kitob o‘qiyotgan talabalar
Kitob o‘qish uchun sokin burchak
Muhokama xonasining zinapoyali o‘rindiqlarida o‘tirgan talabalar
Muhokama va tadbirlar xonasi
Stol atrofida yig‘ilgan talabalar
Talabalar guruhlari uchun yig‘ilish xonasi

Sport majmuasi

Jismoniy tarbiya kafedrasi qoshidagi sport majmuasi umumiy maydoni 3 836 m² bo‘lgan sakkizta inshootdan iborat:

  • Yopiq sport zali — 12×27 m, 324 m²
  • Og‘ir atletika zali — 9×18 m, 162 m²
  • Kurash va boks zali — 14×14 m, 196 m²
  • Ochiq suv havzasi — 12×25 m, 300 m²
  • Mini-futbol maydoni — 30×50 m, 1 500 m²
  • Ochiq voleybol maydoni — 9×18 m, 162 m²
  • Basketbol maydoni — 28×14 m, 392 m²
  • Qo‘l to‘pi maydoni — 20×40 m, 800 m²

Kafedrada kurash, stol tennisi, voleybol (o‘g‘il va qiz talabalar), basketbol, shaxmat, futbol, tosh ko‘tarish va og‘ir atletika bo‘yicha o‘ndan ortiq to‘garak ishlaydi; professor-o‘qituvchilar uchun sog‘lomlashtirish guruhi ham faoliyat yuritadi. Katta sport zali, kurash va tosh ko‘tarish zallari hamda ochiq sport majmuasi talabalar ixtiyorida.

Kafedra murabbiylari bugungi kunga qadar 5 150 dan ortiq ommaviy razryadli sportchi, 2 100 dan ortiq birinchi razryadli sportchi, 320 nafar sport ustasiga nomzod, 36 nafar sport ustasi va 3 nafar xalqaro toifadagi sport ustasini tayyorlagan. Universitetning qo‘l to‘pi jamoasi olti marta O‘zbekiston chempioni bo‘lgan.

Sport inshootlari

Universitetning yopiq sport zali
Yopiq sport zali
Og‘ir atletika zali
Og‘ir atletika zali
Kurash va boks zali
Kurash va boks zali
Sport zalida o‘tkazilgan shaxmat musobaqasi
Sport zalida shaxmat musobaqasi
Shaxmat to‘garagi mashg‘uloti
Shaxmat to‘garagi

Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi

Markaz o‘quv jarayonini axborotlashtirish, yangi axborot texnologiyalari va ilmiy-tadqiqot natijalarini ta’limga tatbiq etish hamda masofaviy ta’limni rivojlantirish bilan shug‘ullanadi. O‘z rivojlanish istiqbollarini yaratilayotgan dasturiy va multimedia mahsulotlari hamda ko‘rsatiladigan xizmat turlari bo‘yicha rejalashtiradi. Markaz faoliyat turlari:

  • Axborot texnologiyalari va multimedia tizimlarini oliy ta’lim va fanga tatbiq etish
  • Masofaviy ta’limni rivojlantirish, uning didaktik va uslubiy ta’minotini tashkil etish, ma’ruzalarning elektron versiyalarini yaratish
  • Xorijiy va respublika tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, korxonalar va oliy o‘quv yurtlari bilan axborot aloqalarini ta’minlash
  • Internet va elektron pochta xizmatlari, mavzular bo‘yicha ma’lumot qidirish
  • Hisoblash texnikasi va kompyuterlarga servis xizmati ko‘rsatish, ularni ta’mirlash va modernizatsiya qilish
  • Axborot-kompyuter tarmoqlari va tizimlarini loyihalash, ishga tushirish va sozlash
  • Ma’lumotlarni yig‘ish va qayta ishlash uchun dasturiy mahsulotlar yaratish va joriy etish
  • Talabalar, magistrlar, tadqiqotchilar va xodimlarga informatika hamda internetdan foydalanishni o‘rgatish
  • Seminar, konferensiya, ko‘rgazma va yarmarkalarni tashkil etish va o‘tkazish

Markazlar rahbarlari

Toshtemirov Muhridin Bolibekovich — Axborot-resurs markazi boshlig‘i
Toshtemirov Muhridin BolibekovichAxborot-resurs markazi boshlig‘i. Qabul vaqti: har kuni 10:00 – 12:00 (shanba va yakshanbadan tashqari). Telefon: +998 (94) 530-49-61.
Cem Barut — Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi boshlig‘i
Cem BarutRaqamli ta’lim texnologiyalari markazi boshlig‘i. Qabul vaqti: har kuni. Telefon: (8 366) 237-33-13.
Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish