O‘zbek tili va adabiyoti
Ilmiy darajasi: Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Kafedra haqida
«O‘zbek tili va adabiyoti» kafedrasi 2020-yildan faoliyat ko‘rsatmoqda. U dastlab «Tillarni o‘qitish», so‘ng «Xorijiy tillar» kafedrasi tarkibida ish olib borgan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-6084-son farmoniga muvofiq mustaqil kafedra sifatida tashkil etilgan. Birinchi mudiri katta o‘qituvchi Abdumalik Uzoqboyevich Kurbonov bo‘lgan; 2023-yilda kafedrani filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) I.A.Rasulova, 2024-yildan esa PhD Sh.I.Jo‘rayev boshqarib kelmoqda.
Dastlab kafedrada «O‘zbek tili», «O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi», «O‘zbek (rus) tili» va «Rus tili» fanlari o‘qitilgan; bugungi kunga kelib tanlov va mutaxassislik fanlari bilan birga 20 ga yaqin fan o‘qitiladi. Bitiruvchilar professional ta’lim tizimida, kollej va texnikumlarda pedagog sifatida faoliyat yuritishmoqda.
Bugungi kunda kafedrada 12 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib boradi: 1 nafar falsafa doktori, 5 nafar dotsent v.b., 3 nafar katta o‘qituvchi, 1 nafar o‘qituvchi va 1 nafar stajyor-o‘qituvchi.