Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/E’lonlar
E’lonlar16-oktabr, 2026 · Editorial office

Samarqand davlat texnika universiteti tyutorlik lavozimiga ishga taklif etishi bo‘yicha talablar

Samarqand davlat texnika universiteti quyidagi malaka talabalariga ega mutaxassislarni tyutorlik lavozimiga ishga taklif etadi:

SDTU e’loni banneri

Samarqand davlat texnika universiteti quyidagi malaka talabalariga ega mutaxassislarni tyutorlik lavozimiga ishga taklif etadi:

- oliy maʼlumotga (bakalavr) ega boʻlish (ilmiy daraja va ilmiy unvonga ega shaxslarga afzalliklar beriladi);

- qonunchilik hujjatlariga muvofiq taʼlim berish huquqidan mahrum etilmagan boʻlishi;

- maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ishlar uslubiyoti va amaliyotini chuqur anglab yetgan, pedagogik-psixologik bilim va tajribaga ega boʻlish;

- namunaviy shaxsiy fazilatlarga, shu jumladan, madaniyatli, masʼuliyatli, kirishuvchan, vatanparvar va tashabbuskor boʻlish;

- mustaqil qaror qabul qilish koʻnikmalariga ega boʻlish.

 

Shuningdek,

 

- taʼlim faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni, taʼlim standartlari talablari va mazmunini bilishi;

- talabalar bilan ishlash, maʼnaviy-maʼrifiy sohaga oid bilimlar, maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni tashkil etish va muvofiqlashtirish malakasiga ega boʻlishi, sohaga oid yangiliklardan xabardor boʻlishi;

- axborotni tahlil qila olish va umumlashtirish, axborot-tahliliy materiallarni tayyorlash, qarorlar qabul qilish va oʻz fikrlarini yozma hamda ogʻzaki bayon etish, topshiriqlarni qisqa va loʻnda ifoda etish qobiliyatiga ega boʻlishi;

- talabalarning oliy taʼlim tashkilotidagi faoliyatini tahlil qila olishi, muammolarini aniqlashi va ularni hal qilishning samarali yoʻllarini topish va amalda qoʻllashni bilishi lozim.

 

Izoh: belgilangan talablarga javob bermaydigan mutaxassislar tyutorlik lavozimiga tayinlanmaydi.

 

Tyutorlik lavozimiga nomzod tomonidan taqdim etiladigan hujjatlar:

(hujjatlar sifatli va imlo xatolardan xoli bo‘lishi zarur):

1.        Ob’yektivka – Ma’lumotnoma.

2.        Oliy ma’lumoti to‘g‘risidagi diplom nusxasi.

3.        Pasport ma’lumotlari nusxasi.

4.        Pedagogik faoliyati davrida erishgan natijalari (sertifikat, tashakkurnoma, faxriy yorliq, diplom) - 2 nusxada bo‘lishi lozim.

Mazkur talablar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-noyabrdagi “Oliy taʼlim tashkilotlarida tyutorlik faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi VM-656-son qarorining 5-bob “Tyutorlarga qo‘yiladigan malaka talabalari” asosida belgilangan.

Nomzodlar suhbat hamda kompyuter savodxonligi (word va Excel) dan imtixon asosida qabul qilinadi.

Hozirda universitetda tyutorlik lavozimi uchun vakant o‘rinlar mavjud emas.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish