Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Talabalar hayoti
Talabalar hayoti30-iyul, 2025 · Tahririyat

Yoshlar bilan uchrashuv: E’tibor va amaliy yordam

SDTU prorektori Sherzod Uzoqov boshchiligidagi guruh Qo‘shrabot tumani mahallalarida ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi va ularga amaliy yordam ko‘rsatdi.

Ishchi guruh mahalla yoshlari bilan uchrashuvda

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan uyushmagan hamda jamiyatda o‘z o‘rnini topa olmayotgan yoshlarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, sog‘lom turmush tarzida hayot kechirishida ko‘maklashish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida ular bilan individual ishlash, mas’ul vazirlik va idoralarni biriktirish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Ana shunday tizim doirasida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Sherzod Uzoqov boshchiligidagi ishchi guruhi tomonidan Qo‘shrabot tumanining “Qiyqim”, “Pangat”, “Shova” va “Minishkor” mahallalarida yashovchi ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

Uchrashuvlar davomida yoshlarning muammolari o‘rganilib, ularni ijtimoiy hayotga jalb etish, bandligini ta’minlash, ta’lim va kasb-hunar yo‘nalishlarida rag‘batlantirish maqsadida amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish