Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Xalqaro
Xalqaro15-aprel, 2025 · Tahririyat

Xitoyning Shimoliy-sharqiy universiteti delegatsiyasi SDTUda

Xitoyning Shimoliy-sharqiy universiteti delegatsiyasi SDTUga tashrif buyurib, metallurgiya muhandisligi yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildi.

Xitoyning Shimoliy-sharqiy universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv

Bugun Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida Xitoyning Shimoliy-sharqiy universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz boshchiligida prorektorlar Juramirza Qayumov, Abror Gadaev, Sherzod Uzoqov, Mirolim Shodmonqulov hamda universitet professori Emrah Turkyilmaz ishtirok etishdi.

Delegatsiya a’zolari:

— Prof. Dr. Yu Fuxiao – Shimoli-sharqiy universiteti Xalqaro ta’lim fakulteti dekani;

— Prof. Dr. Yang Bo – Shimoli-sharqiy universiteti Materialshunoslik va muhandislik fakulteti dekan o‘rinbosari;

— Janob Zhou Chengli – Shimoli-sharqiy universiteti o‘quv ishlari ofisi direktori o‘rinbosari;

— Janob Li Jiannan – Shimoli-sharqiy universiteti Xalqaro hamkorlik va almashinuv ofisi direktori o‘rinbosari;

— Gao Xiaoxin xonim – Shimoli-sharqiy universiteti Xalqaro ta’lim fakulteti ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassisi.

SDTU delegatsiyasining 2024-yil oktyabr oyidagi Xitoyga tashrifi chog‘ida SDTU va Shimoliy-sharqiy universitet hamkorligida tashkil etilishi kutilayotgan qo‘shma ta’lim dasturining tashkiliy jarayonlari bilan bog‘liq masalalar atroflicha muhokama qilinib, “Metallurgiya muhandisligi qo‘shma ta’lim yo‘nalishi” uchun ishchi dasturlar, malaka talablari va fanlar, kreditlar soni kabi muhim bosqichlar bo‘yicha aniq qadamlar belgilab olingan edi.

Bugungi uchrashuv hamkorlik aloqalari o‘rnatilishining navbatdagi bosqichi bo‘lib, unda qo‘shma ta’lim dasturini tashkil etish yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish