Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Xalqaro
Xalqaro9-may, 2025 · Tahririyat

Xitoy sanoat korxonalari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi

Xitoyga xizmat safarida bo‘lgan rektor Sintay shahridagi Langke Automation Equipment korxonasiga tashrif buyurdi va universitet negizida tashkil etilgan Inkubatsiya markazining ochilishida ishtirok etdi.

Xitoy sanoat korxonasida hamkorlik uchrashuvi

Shu kunlarda universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz 1-Xitoy-Markaziy Osiyo ta’lim vazirlari uchrashuvi doirasida o‘tkaziladigan tadbirlarda ishtirok etish maqsadida Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Bugun Xitoyning Sintay shahridagi Langke Automation Equipment Co., Ltd. sanoat korxonasiga tashrif buyurib, korxona rahbariyati bilan texnologik tadqiqotlar va ilmiy ishlanmalardan ishlab chiqarishgacha bo‘lgan jarayonlarda uzoq muddatli hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, uchrashuv davomida Langke Automation Equipment Co., Ltd. kompaniyasi direktor o‘rinbosari Shi Kedong va universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz universitet va xorijiy kompaniya hamkorligi natijasida tashkil etilgan Inkubatsiya markazining tantanali ochilish marosimida ishtirok etishdi.

Ushbu Inkubatsiya markazining tashkil etilishi nafaqat universitet va korxona hamkorligini yangilash, balki ikki tomonning ta’lim, fan va texnologiya hamda sanoat sohalarida chuqur integratsiyalashuvi uchun yangi boshlang‘ich hisoblanadi. Bu — universitet va korxona o‘rtasida yangi iste’dodlarni tayyorlash, texnologiyalarni birgalikda tadqiq qilish va rivojlantirish hamda “universitet-sanoat-innovatsiya” zanjiri tamoyiliga asoslangan hamkorlikning muhim yo‘nalishi bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish