
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetining yangi o‘quv binosiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida vazir yangi infratuzilma, o‘quv jarayoni uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, ilmiy muhit hamda professor-o‘qituvchilar va talabalar uchun imkoniyatlar bilan tanishdi. Shuningdek, talaba-yoshlar bilan suhbat o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi.
Universitetning yangi binosi 0,7 gektar hududda barpo etilgan bo‘lib, umumiy maydoni 27 853 kvadrat metrni tashkil qiladi. Bino 6 qavatdan iborat va 104 ta o‘quv xonasi, oshxona, faollar zali hamda 350 o‘rinli kutubxonani o‘z ichiga oladi.