Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Talabalar hayoti
Talabalar hayoti4-avgust, 2025 · Tahririyat

Talabamiz yutuqlari — faxrimiz

Arxitektura fakulteti talabasi Umida Mahmudova “Ishbilarmon ayol–2025” tanlovining Samarqand shahar bosqichida 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Umida Mahmudova mukofot marosimida

“Ishbilarmon ayol–2025” ko‘rik-tanlovining Samarqand shahar bosqichida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti Arxitektura fakulteti talabasi Umida Mahmudova munosib ishtirok etib, 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi!

Samarqand shahardagi kasbiy ko‘nikmalar markazida tashkil etilgan mazkur tanlovda shahar miqyosida saralab olingan eng faol tadbirkor ayollar ishtirok etishdi. Tanlov davomida ishtirokchilarning zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish, yangi ish o‘rinlari yaratish, eksport yoki import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishdagi yutuqlari baholandi.

Umida Mahmudovaning tashabbuskorligi, mehnatsevarligi va ilg‘or g‘oyalari hakamlar hay’ati tomonidan yuqori baholanib, u tanlovning viloyat bosqichiga yo‘llanma sohibasiga aylandi.

G‘oliblar O‘zLiDeP tomonidan diplom, tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Umida Mahmudovani ushbu yutuqlari bilan chin dildan tabriklaymiz va kelgusi bosqichlarda ham omad tilaymiz!

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish