Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Talabalar hayoti
Talabalar hayoti30-iyul, 2025 · Tahririyat

Talabalar uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida tarixiy film namoyishi va teatr to‘garagiga kasting o‘tkazildi.

Talabalar “Bahodir Yalangto‘sh” filmi namoyishida

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida yoshlarning ijodiy va intellektual salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Talabalar dekani tashabbusi bilan tashkil etilgan “Bahodir Yalangto‘sh” tarixiy-badiiy filmi namoyishi yoshlarda milliy tarixga qiziqish uyg‘otdi. Film orqali talabalar Yalangto‘sh Bahodirning hayoti, siyosiy jasorati va me’moriy merosi haqida chuqurroq ma’lumot olishdi.

Shuningdek, iqtidorli yoshlarni sahna san’atiga jalb etish maqsadida “Ulug‘bek vorislari” teatr jamoasiga kasting ham muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Unda talabalar sahna nutqi, emotsional ifoda va aktyorlik mahoratlarini namoyon qilib, hakamlar hay’atida ijobiy taassurot qoldirishdi.

Bunday tadbirlar talabalarning ma’naviy olamini boyitish, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash va ularni faol hayotga undashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish