
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti talaba-yoshlari Samarqand viloyati Markaziy harbiy okrugiga tashrif buyurishdi.
Ushbu tashrif Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha fakultet o‘rinbosari Nazorbek Axmedov, tyutorlar Surayyo Januzakova va Zoyir Umirzakov tashabbusi bilan amalga oshirildi.
Talaba-yoshlarga milliy armiyamizning bugungi rivojlanishi, Oliy harbiy bilim yurtlarida yaratilgan sharoitlar hamda armiyaning mamlakatimiz xavfsizligi va mustaqilligini ta’minlashdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Markaziy harbiy okrugda joylashgan Tarix o‘quv binosidagi turli ko‘rgazmalar bilan yaqindan tanishtirilib, yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.