
Universitetda turar-joy hududlaridagi sotsial va makoniy jarayonlarni o‘rganishga bag‘ishlangan xalqaro workshop o‘z yakuniga yetdi.
Dastur davomida ishtirokchilar Samarqand shahridagi mikrorayonlar misolida shahar muhitini tahlil qilish, dala tadqiqotlarini olib borish, kartografiya va vizual storytelling vositalaridan foydalanish bo‘yicha muhim amaliy tajriba orttirdilar. Workshop nazariy bilimlar va amaliy mashg‘ulotlar uyg‘unligida tashkil etildi.
Yakuniy bosqichda ishtirokchilarga sertifikatlar universitet rektori Chidem Turkyilmaz tomonidan tantanali tarzda topshirildi. Loyiha British Council ko‘magida amalga oshirildi; workshop Art Station tomonidan Dona Kulmatova, Anastasiya Galimova (O‘zbekiston), Omar Nagati (CLUSTER, Misr) hamda Elisa Wynne-Hughes (Cardiff University, Buyuk Britaniya) ishtirokida tashkil etildi.