Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Xalqaro
Xalqaro29-sentabr, 2025 · Tahririyat

SDTU rektori Xitoy safarida

SDTU rektori Dr. Chidem Turkyilmaz Xitoyda xizmat safarida bo‘lib, qurilish, tibbiyot-texnologiya va sement ishlab chiqarish sohalaridagi tashkilotlar bilan tanishib, hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi.

SDTU rektori Xitoyda xizmat safarida

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti rektori Dr. Chidem Turkyilmaz ayni kunlarda Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turibdi.

Safari doirasida rektor — “HENGDA” qurilish sifatini nazorat qilish byurosida qurilish jarayonlarini sifatli tashkil etish tajribasi bilan tanishdi.

— “China Medical City” — milliy darajadagi biotibbiyot va yuqori texnologiyalar hududida xalqaro innovatsion loyihalar hamda ta’lim–ishlab chiqarish integratsiyasini ko‘zdan kechirdi.

— “SUN sement” zavodida esa zamonaviy sement ishlab chiqarish texnologiyalari va ularning qurilish sohasidagi qo‘llanilishi bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuvlarning asosiy maqsadi — SDTU va Xitoyning yetakchi tashkilotlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish, talabalar uchun Xitoyda o‘quv-amaliyot dasturlarini yo‘lga qo‘yish, xalqaro tajriba orttirish va kelgusida ishga joylashish imkoniyatlarini kengaytirishdir.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish