Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Tadbirlar
Tadbirlar6-fevral, 2026 · Tahririyat

«Rahbar va yoshlar» uchrashuvi — kelajak bunyodkorlari bilan ochiq muloqot

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi universitet talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi; unda vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva va rektor Dr. Chidem Turkyilmaz ishtirok etdi.

“Rahbar va yoshlar” ochiq muloqoti

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi tomonidan Samarqand davlat texnika universiteti talabalari uchun «Rahbar va yoshlar» uchrashuvi tashkil etildi. Uchrashuvda vazir o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva, universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz hamda shahrimizda tahsil olayotgan yoshlar ishtirok etdi.

Ozoda Jo‘rayeva yoshlarning salohiyatiga yuksak baho berib, ularni kelajakdagi davlat arboblari, bunyodkorlar va yurt ravnaqi uchun mas’ul yetuk mutaxassislar sifatida ko‘rishini ta’kidladi; yoshlarga o‘z kuchiga ishonish, tashabbuskor bo‘lish va doim izlanishda davom etish muhimligini qayd etdi hamda vazirlik yoshlarning har bir g‘oya va tashabbusini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Tadbirda qayd etilishicha, vazirlikning 2025-yilgi yoshlar bandligi dasturi doirasida ko‘p qavatli uylarni boshqarish organlari va qurilish tashkilotlari bilan hamkorlikda 14 800 nafardan ortiq yoshlar kasbga o‘qitilib, bandligi ta’minlangan. Joriy yilda yosh mutaxassislarni «sotsial lift» tamoyili asosida lavozimda o‘stirish tizimi yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan; «ustoz-shogird» maktablari faoliyati davom ettirilib, sohaviy oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarning amaliyot o‘tashi ta’minlanadi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish