Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Tadbirlar
Tadbirlar9-noyabr, 2025 · Tahririyat

“O‘zbekiston kasaba uyushmalari – 120 yil xalq bilan”

SDTUda kasaba uyushmalari xodimlari va faxriylari sha’niga “O‘zbekiston kasaba uyushmalari – 120 yil xalq bilan” shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi.

Kasaba uyushmalari bayram tadbiri

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida “O‘zbekiston kasaba uyushmalari – 120 yil xalq bilan” shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda Samarqand viloyati kasaba uyushmalari raisi Suxrob Rafikov, SDTU rektori doktor Chidem Turkyilmaz, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Sherzod Uzoqov hamda universitet xodimlar va talabalar boshlang‘ich kasaba uyushmasi boshlig‘i Baxodir Eshmurodov ishtirok etib, soha xodimlari va faxriylarni samimiy tabrikladilar.

Shuningdek, tadbir doirasida bir guruh faol professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlar hamda ushbu sana munosabati bilan o‘tkazilgan sport musobaqalarida o‘rinlarni egallagan xodimlar tashakkurnoma, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish