Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Xalqaro
Xalqaro14-may, 2025 · Tahririyat

Nanjing politexnika instituti – muhim xorijiy hamkorlarimizdan biri

Xitoyga xizmat safarida bo‘lgan rektor 14-may kuni Nanjing politexnika institutiga tashrif buyurdi va Kimyo muhandisligi yo‘nalishida qo‘shma ta’lim dasturi tashkil etish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Rektorning Nanjing politexnika institutiga tashrifi

Avval xabar berganimizdek, universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz ayni vaqtda Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarini davom ettirmoqda. 2025-yil 14-may kuni rektor Jiangsu provinsiyasida joylashgan Nanjing politexnika institutiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida tashkil etilgan tantanali qabul marosimida Nanjing politexnika instituti rektori Dr. Zhang Wei bilan ikkala oliy ta’lim muassasasi hamkorligi ko‘lamini kengaytirish, amaldagi anglashuv memorandumida ko‘rsatilgan faoliyat turlarini kuchaytirish va birgalikda olib borilayotgan loyihalarni yangi bosqichga olib chiqish hamda universitetda tashkil etilgan Chjenxe qo‘shma fakulteti faoliyatini to‘laqonli ishga tushirish maqsadida qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Shuningdek, uchrashuv davomida hamkorlikda Kimyo muhandisligi yo‘nalishi bo‘yicha tashkil etilishi kutilayotgan qo‘shma ta’lim dasturi haqida so‘zga chiqqan rektor Dr. Chidem Turkyilmaz ushbu hamkorlik mamlakatimiz sanoati uchun yetuk malakali muhandis kadrlar tayyorlashda katta ahamiyatga ega ekanligini hamda shu kabi qo‘shma loyihalar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-sonli farmonida ko‘rsatilgan ustuvor vazifalarning ijrosi sifatida ham ahamiyatli ekanligini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun: 2023-yili Xitoy Xalq Respublikasi Jiangsu provinsiyasi gubernatori Syuy Kunlin boshchiligidagi delegatsiya tashrifi davomida Samarqand viloyati va Jiangsu provinsiyalari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzolangan edi. Shuningdek, ushbu hukumatlararo memorandum doirasida qurilish sohasi bo‘yicha hamkorlikda kadrlar tayyorlash, qurilish korxonalari kadrlarining malakasini oshirish, soha bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy ishlarni birgalikda rivojlantirish maqsadida universitet va Nanjing politexnika instituti hamkorligida tashkil etilgan qo‘shma Chjenxe fakultetining rasmiy ochilish marosimi ham o‘tkazilgan edi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish