Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Xalqaro
Xalqaro31-may, 2025 · Tahririyat

Qozog‘iston Respublikasi Bosh konsuli SDTUda

Samarqanddagi Qozog‘iston Bosh konsuli Talg‘at Sharipov universitet rahbariyati bilan ta’lim, ilm-fan, madaniyat va infratuzilma sohalaridagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi.

Qozog‘iston Bosh konsuli SDTU rahbariyati bilan uchrashuvda

Bugun Qozog‘iston Respublikasining Samarqanddagi Bosh konsuli Talg‘at Sharipov Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida universitet rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazilib, quyidagi masalalar muhokama qilindi: ta’lim — talabalar va o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma diplom dasturlari, amaliyot va stajirovkalar; ilm-fan — qo‘shma ilmiy loyihalar, laboratoriyalar tashkil etish, ilmiy konferensiyalar; madaniyat — festival va ko‘rgazmalar, tillarni o‘rganish orqali madaniy almashinuv; konsullik ko‘magi — viza va tashkiliy masalalarda ko‘mak; infratuzilma — resurslardan birgalikda foydalanish, raqamli ta’lim platformalarini rivojlantirish; moliyaviy hamkorlik — grantlar va xalqaro dasturlarda qo‘shma ishtirok.

Shuningdek, SDTU faoliyati, ilmiy yo‘nalishlari va istiqboldagi rejalar haqida taqdimot o‘tkazildi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish