Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Karyera
Karyera23-iyul, 2025 · Tahririyat

Larsen & Toubro Construction vakillari SDTU bitiruvchilari bilan suhbat o‘tkazdi

Hindiston kompaniyasi vakillari 24 nafar bitiruvchi bilan suhbat o‘tkazib, ulardan 4 nafarini ishga taklif qildi.

Larsen & Toubro Construction vakillari bitiruvchilar bilan suhbatda

Hindistonning yirik qurilish kompaniyalaridan biri — Larsen & Toubro Construction kompaniyasining O‘zbekistondagi vakillari Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetiga tashrif buyurishdi.

Tashrifdan maqsad — universitetning iqtidorli bitiruvchilari orasidan malakali mutaxassislarni ishga jalb qilish bo‘ldi. Delegatsiyaga MDH davlatlari bo‘yicha loyiha bosh menejeri Ponrajapandi Rathinasamy Djaysval hamda MDH mamlakatlari biznes tashabbuslari rahbari Iskandar Usmanovich Buranov boshchilik qilishdi.

Suhbatlar doirasida kompaniyada ishlash istagini bildirgan 24 nafar bitiruvchi bilan individual suhbat o‘tkazildi. Ulardan 4 nafar bitiruvchi saralab olinib, suhbat va IQ test jarayonlaridan muvaffaqiyatli o‘tishdi.

Ushbu tashrif SDTU bitiruvchilari uchun xalqaro miqyosda faoliyat yuritish, ilg‘or tajriba orttirish va malakali kadr sifatida shakllanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratmoqda.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish