Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Ta’lim
Ta’lim8-dekabr, 2025 · Tahririyat

Qurilish fakulteti talabalari uchun amaliy tashrif

Konstitutsiya kuni munosabati bilan Qurilish fakulteti talabalari Samarqand viloyati jinoyat sudining ochiq eshiklar kunida bo‘ldi.

Qurilish fakulteti talabalarining viloyat sudiga amaliy tashrifi

8-dekabr — Konstitutsiya kuni munosabati bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti Qurilish fakulteti talabalari uchun Samarqand viloyati jinoyat sudiga ochiq eshiklar kuni doirasida amaliy tashrif uyushtirildi.

Tashrif davomida talabalar sud jarayonlari, ularning tashkil etilishi, sud hokimiyatining vazifalari va qonun ustuvorligining amaliyotdagi ahamiyati bilan yaqindan tanishdilar.

Tadbirda Samarqand viloyat sudi raisi Olim Xayitov ishtirok etib, talabalarga sud tizimidagi islohotlar, adolat tamoyili va fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish borasida tushuntirishlar berdi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish