Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Karyera
Karyera7-mart, 2025 · Tahririyat

Kadastr sohasida kadrlar tayyorlash va bandlik masalalari muhokama qilindi

Davlat kadastrlari palatasi vakili bitiruvchi talabalarga kadastr sohasidagi ish o‘rinlari haqida ma’lumot berdi.

Kadastr sohasi bo‘yicha bitiruvchilar bilan uchrashuv

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 18-yanvardagi farmoni ijrosi doirasida bitiruvchi talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda Kadastr agentligi va oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda universitetning “Geodeziya, kartografiya va kadastr” va “Kadastr” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bitiruvchi bosqich talabalari ishtirok etdi. Davlat kadastrlari palatasi Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘i Ravshan Xotamov kadastr sohasi va Samarqand viloyati bo‘yicha mavjud ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

Shuningdek, bitiruvchi talabalarni ishga qabul qilish masalasida boshqarma vakillari va talabalarning ochiq muloqoti tashkil etildi. Mazkur uchrashuv kadastr sohasida yetuk mutaxassislar tayyorlash va yosh kadrlarning bandligini ta’minlashga xizmat qilishi kutilmoqda.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish