Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Xalqaro
Xalqaro2-sentabr, 2025 · Tahririyat

GEOSYMBIOTIC WORKSHOP – GWS 2025 doirasida ijodiy performance

Samarqand shahridagi “Silk Road Samarkand” turizm markazida GEOSYMBIOTIC WORKSHOP – GWS 2025 doirasida yaponiyalik va o‘zbek talabalar tinchlikka bag‘ishlangan ijodiy performance namoyish etishdi.

Yapon va o‘zbek talabalarining tinchlikka bag‘ishlangan performance

Samarqand shahridagi “Silk Road Samarkand” turizm markazida GEOSYMBIOTIC WORKSHOP – GWS 2025 doirasida yaponiyalik mehmonlar – Setsunan universiteti professori Dr. Takeshi Shiratori, uning talabalari hamda Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti talabalari tomonidan dunyoda tinchlikni targ‘ib etishga qaratilgan performance namoyish etildi.

Shuningdek, tadbir davomida o‘zbek va yapon milliy qadriyatlarini o‘zida mujassam etgan ijodiy chiqishlar ham taqdim etildi.

Tadbirda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar ishtirok etib, mazmunli chiqishlarni kuzatdilar. Qiziqarli dastur turizm markaziga tashrif buyurgan mehmonlarda ham katta qiziqish uyg‘otdi.

Kecha sho‘x taronalar, raqslar va quvnoq o‘yinlar bilan ko‘tarinki ruhda yakunlandi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish