
2025-yil 18-, 19- va 20-avgust kunlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim shakliga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun kirish imtihonlari o‘tkaziladi.
Imtihonlar abituriyentlar soniga qarab suhbat (yakka tartibda) yoki test shaklida o‘tkaziladi.
Suhbat shaklida o‘tkazilganda har bir abituriyentga 3 ta savol beriladi: soha bo‘yicha mamlakatdagi islohotlar mohiyati, tanlangan yo‘nalishga bo‘lgan shaxsiy motivatsiya hamda shaxsiy-kasbiy ko‘nikmalar va yutuqlar. Baholash 100 ballik tizimda olib boriladi: 1-savol — 40 ball, 2-savol — 20 ball, 3-savol — 40 ball; 57,6 ball va undan yuqori to‘plagan abituriyent imtihondan o‘tgan hisoblanadi. Suhbat jarayoni videokuzatuv ostida o‘tkaziladi.
Test shaklida o‘tkazilganda abituriyentlarga 25 ta savol bo‘yicha jami 50 daqiqa (har biriga 2 daqiqadan) vaqt beriladi; har bir to‘g‘ri javob 4 balldan baholanadi, maksimal ball — 100. Natijalar imtihon tugaganidan keyin 24 soat ichida e’lon qilinadi.
Imtihon sanasi va vaqti har bir abituriyentga individual tarzda ma’lum qilinadi; suhbatga kelmagan abituriyentlarga shu o‘quv yili uchun qayta suhbat o‘tkazilmaydi.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun SDTU Call-markazi va maslahat markaziga murojaat qilish mumkin: +998(66)237-06-06, +998(66)237-22-12; xorijlik talabalar uchun: +998(94)185-33-83 (WhatsApp).