
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018-yil 9-avgustdagi 19-2018-son buyrug‘iga ko‘ra, uzrli sabablar bilan oraliq nazoratlarga qatnasha olmagan talabalar joriy yilning 13-noyabr kuniga qadar tegishli fakultet dekanatlari hamda registrator ofisiga murojaat qilishlari mumkin.
Bunda talabaning o‘qishga vaqtincha layoqatsizligi (kasalligi), nogironligi mavjud talabaning mavsumiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishi, talabaning nikoh to‘yi, talabaning yaqin birinchi darajali qarindoshining to‘yi yoki vafoti, tabiiy ofatlar yoki baxtsiz hodisalar, xorijlik talabalar uchun esa viza muddatining tugashi kabi sabablarni asoslovchi hujjatlar taqdim etilishi lozim.