Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Talabalar hayoti
Talabalar hayoti25-iyul, 2025 · Tahririyat

Elimiz suygan yozuvchi va shoirlar bilan uchrashuv

Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti talabalari shoir Sherzod Jo‘rayev bilan adabiy uchrashuv o‘tkazdi.

Talabalar shoir Sherzod Jo‘rayev bilan uchrashuvda

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti talaba-yoshlari uchun yozgi ta’tilni mazmunli va ma’naviy boy o‘tkazish maqsadida adabiy uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv mehmoni – universitetimiz sobiq bitiruvchisi, elimiz suygan shoir Sherzod Jo‘rayev bo‘lib, u yangi bino kutubxonasida talabalar bilan samimiy suhbat olib bordi. Shoir talabalik davri, universitet hayotidagi ijobiy o‘zgarishlar va bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

Sherzod Jo‘rayev yoshlarni kitob bilan do‘st bo‘lishga, ma’naviyatni unutmaslikka chorlab, “Yuraklarda tingan shamollar” nomli she’riy to‘plamidan namunalar o‘qib berdi. Tadbir davomida talaba-yoshlar ham o‘zlarining sevimli she’rlarini ijro etib, kechaga iliqlik va madaniy ruh bag‘ishladilar.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish