Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/E’lonlar
E’lonlar10-sentabr, 2025 · Tahririyat

“Eko-innovation – 2025” tanlovi

17-sentyabr kuni SDTUda ekologik muammolarga bag‘ishlangan “Eko-innovation – 2025” innovatsion loyihalar tanlovi o‘tkaziladi; g‘oliblarni jami 12 million so‘mlik mukofot jamg‘armasi kutmoqda.

SDTU e’loni banneri

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida 2025-yil 17-sentyabr kuni ekologik muammolar yechimiga bag‘ishlangan innovatsion ishlanmalar va loyihalar tanlovi bo‘lib o‘tadi.

Tanlovda 18–35 yosh oralig‘idagi talabalar, magistrlar va doktorantlar qatnashishi mumkin; har bir ishtirokchi yoki jamoa faqat bitta loyiha bilan qatnashadi, jamoalar esa 2–3 kishidan iborat bo‘lib, ixtisoslashgan yo‘nalishlarda bilim va tajribaga ega talabalar ishtirok etishi mumkin.

Tanlov yo‘nalishlari: atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilarni qayta ishlash; qayta tiklanuvchi energiya manbalari; innovatsion ekologik texnologiyalar va qurilmalar.

Loyihalarga qo‘yiladigan talablar: ekologik muammoni hal qilishga qaratilgan bo‘lishi, texnik prototip yoki model taqdim etilishi, iqtisodiy samaradorlik va ekologik foydaga asoslangan bo‘lishi hamda resurslardan samarali foydalanish va energiya tejamkorlikni ta’minlashi lozim.

Mukofot jamg‘armasi: 1-o‘rin – 6 000 000 so‘m (respublika bosqichiga yo‘llanma bilan), 2-o‘rin – 4 000 000 so‘m, 3-o‘rin – 2 000 000 so‘m.

Tanlov 17-sentyabr kuni soat 10:00da SDTU Inkubatsiya markazida, Bosh bino 114-xonada bo‘lib o‘tadi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish