Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Xalqaro
Xalqaro18-may, 2025 · Tahririyat

Daffodil xalqaro universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

Rektor Daffodil xalqaro universiteti asoschisi va rektori bilan uchrashib, doktorantura va ilmiy almashinuv yo‘nalishida hamkorlik memorandumini imzoladi hamda universitet talabalari va professor-o‘qituvchilariga taqdimot o‘tkazdi.

Daffodil xalqaro universiteti bilan memorandum imzolash marosimi

Shu kunlarda universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz Bangladesh Respublikasida xizmat safarini davom ettirmoqda. Bugun rektor Daffodil xalqaro universiteti ta’sischisi Dr. Mh Sabur Khan qabulida bo‘ldi hamda ilmiy tadqiqot sohasida, xususan doktorantura bo‘yicha o‘zaro hamkorlik hamda almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish maqsadida hamkorlik memorandumini imzoladi. Ushbu memorandum asosida kelgusida hamkorlikda PhD dasturlarini ishga tushirish, tadqiqotchilarga birgalikda ilmiy rahbarlik qilish yo‘nalishlarida yaqindan faoliyat olib borish imkoniyatlarini ochadi.

Shundan so‘ng rektor Dr. Chidem Turkyilmaz Daffodil xalqaro universiteti bosh binosiga tashrif buyurdi hamda mazkur universitet rektori Dr. M. Lutfar Rahman bilan tor doiradagi uchrashuv tashkil qilindi. Uchrashuvda ikkala universitet rahbariyati tomonidan imzolangan memorandum asosida kelajakda amalga oshirilishi kutilayotgan loyihalar yuzasidan atroflicha fikr va mulohaza almashishdi.

Kunning ikkinchi yarmida rektor Dr. Chidem Turkyilmaz Daffodil xalqaro universiteti doktorantura talabalari, professor-o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari uchun O‘zbekistondagi doktorantura tizimi va xorijiy talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida taqdimot qildi. Taqdimotda asosan O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimida ilmiy rahbarlik tizimi, dissertatsiya himoyasi va attestatsiya jarayonlari, hukumat tomonidan ilm-fan va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash siyosati, talabalarning ilmiy faoliyatiga qo‘yiladigan talablar, nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda maqola chop etish talablari, O‘zbekiston ilmiy grantlari va stipendiyalar dasturlari, ingliz tilida olib boriladigan dasturlar, xorijiy talabalar uchun talabalar turar joylari, axborot-resurs markazlari, IT laboratoriyalari, turli ilmiy markazlar, madaniy moslashuvga ko‘maklashuvchi dasturlar, xususan universitetning xalqaro reytingi va yutuqlari, akademik almashinuv dasturlari (Erasmus+, 2+2 dasturlari), Daffodil universiteti bilan hamkorlik istiqbollari, O‘zbekistonga kelib o‘qish istagidagi Bangladeshlik talabalar uchun imtiyozlar hamda qo‘shma dasturlar va ikki diplomli ta’lim imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berib o‘tdi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish