Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Tadbirlar
Tadbirlar18-noyabr, 2025 · Tahririyat

“Bir Vatan, bir el, bir bayroq”

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 34 yilligi universitetda ma’naviy-ma’rifiy tadbir bilan nishonlandi.

Davlat bayrog‘i kuniga bag‘ishlangan “Bir Vatan, bir el, bir bayroq” tadbiri

Yurtimizda ulug‘ sanalardan biri — O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganining 34 yilligi munosabati bilan tantanali bayram tadbirlari keng nishonlandi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan “Bir Vatan, bir el, bir bayroq!” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.

Tadbir O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida bezatilgan sahna, davlat madhiyasining yangrashi va Vatanga bag‘ishlangan she’riy kompozitsiyalar bilan boshlandi. Ishtirokchilar — faxriylar, xodimlar, targ‘ibotchilar hamda yoshlar — Vatan ramzlariga bo‘lgan chuqur hurmat va sadoqatlarini izhor etdilar.

Ma’rifat qismida Davlat bayrog‘ining yaratilish tarixi haqida slaydlar namoyish etildi, badiiy qismda esa she’rlar, videoroliklar va sahna ko‘rinishlari bayramga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish