Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Xalqaro
Xalqaro10-aprel, 2025 · Tahririyat

Akademik almashinuv dasturi doirasida tashriflar davom etmoqda

SDTU va Moskva davlat yer tuzish universiteti o‘rtasidagi shartnoma asosida talaba va o‘qituvchilar almashinuvi davom etmoqda.

Moskva universiteti talabalari SDTUda amaliy mashg‘ulotda

Samarqand davlat texnika universiteti va Rossiya Federatsiyasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga qarashli Moskva davlat yer tuzish universiteti o‘rtasida 2023-yil 4-mayda imzolangan 4-sonli hamkorlik shartnomasi asosida akademik almashinuv dasturi izchil davom ettirilmoqda.

Ushbu shartnoma bo‘yicha 2024-yil 29-maydagi 1-sonli bayonnoma asosida universitetlar o‘rtasida tuzilgan ishchi guruh tomonidan tasdiqlangan reja asosida 2024-yil 6–20-dekabr kunlari SDTU talabalari Moskva davlat yer tuzish universitetida akademik almashinuv dasturida ishtirok etdilar. Dastur davomida talabalar zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan laboratoriya va uskunalarda, tajribali professor-o‘qituvchilar rahbarligida o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashdilar. Dars jarayonlarining bir qismi masofaviy shaklda davom ettirilishi kelishib olindi.

Akademik mobillik dasturi doirasida bugun Moskva davlat yer tuzish universitetining Yer tuzish va kadastr, hamda Arxitektura yo‘nalishlarining o‘qituvchi va talabalari SDTUga tashrif buyurib, tasdiqlangan o‘quv dasturlari asosida amaliy mashg‘ulotlarga kirishdilar.

9-apreldan 23-aprelga qadar xorijiy mehmonlar nafaqat o‘quv jarayonida ishtirok etish, balki ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishish, shuningdek, Samarqandning tarixiy obidalari bo‘ylab sayohat qilish imkoniyatiga ham ega bo‘ladilar.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish