
Kuni kecha Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti rektori Dr. Chidem Turkyilmaz Fransiya poytaxti Parij shahrida YUNESCOning Ta’lim kelajagi va innovatsiyalar bo‘limi rahbari Sobhi Tawil bilan uchrashdi.
O‘zaro suhbat davomida joriy yilda Samarqandda bo‘lib o‘tadigan YUNESCO Bosh assambleyasida universitetning roli, shuningdek, universitetda faoliyat ko‘rsatayotgan “YUNESCO” kafedrasida tadqiqot va ta’limning yaxlit tizimini shakllantirish, jamoatchilikni jalb qilish va o‘zaro muloqotni rivojlantirish, shu bilan birga xorijlik mutaxassislar, tadqiqotchilar va universitet professor-o‘qituvchilari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.