Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Talabalar hayoti
Talabalar hayoti16-oktabr, 2025 · Tahririyat

Yoshlarni milliy qadriyat ruhida tarbiyalashda ijtimoiy tarmoqlarning o‘rni

SDTUda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi mutaxassisi ishtirokida yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda ijtimoiy tarmoqlarning o‘rni mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Ijtimoiy tarmoqlar mavzusidagi ochiq muloqot

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Samarqand viloyati bo‘limi kadrlar va aholi murojaatlari bo‘yicha mutaxassisi Sobirov Alijon tomonidan “Yoshlarni milliy qadriyat ruhida tarbiyalashda ijtimoiy tarmoqlarning o‘rni va ahamiyati” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Talabalar dekanati dekani, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar, Talaba klublari bo‘limi boshlig‘i hamda universitet talabalari faol ishtirok etdilar.

Ochiq muloqot davomida yoshlarda milliy qadriyatlarni asrab-avaylash, ularni to‘g‘ri targ‘ib qilishda ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalanish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish