Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Talabalar hayoti
Talabalar hayoti13-fevral, 2025 · Tahririyat

“Yashil tashabbuslar” klubi taqdimoti o‘tkazildi

Arxitektura fakulteti talabalari ishtirokida atrof-muhitni asrashga bag‘ishlangan yangi klubning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

“Yashil tashabbuslar” klubi taqdimoti

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida Arxitektura fakulteti talabalari, tyutorlari va dekan o‘rinbosarlari ishtirokida “Yashil tashabbuslar” klubining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Klub faoliyati Talaba klublari bo‘limi qoshida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi atrof-muhitni asrash va “Yashil iqtisodiyot” yiliga hissa qo‘shishdir.

Taqdimotda yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Sherzod Uzoqov klub oldida turgan muhim vazifalar haqida so‘z yuritdi. Shundan so‘ng, klub tashabbuskori — qurilish fakulteti 4-bosqich talabasi Muhammadjon Mo‘minov ishtirokchilarga klub faoliyati haqida batafsil ma’lumot berdi.

Talaba klublari bo‘limi boshlig‘i Charos Xushmurodova klubning namunaviy rejasi va nizomi bo‘yicha savol-javob o‘tkazib, taklif va fikr-mulohazalarni tingladi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish