
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e’lon qilingan xalqaro qo‘shma amaliy-innovatsiya loyihalar tanlovlarida faol ishtirokni ta’minlash bo‘yicha yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz boshchiligida prorektorlar Abror Gadaev, Jo‘ramirza Qayumov, dekanlar, kafedra mudirlari va IT va loyihalar koordinatori ishtirok etishdi.
Tadbir davomida tanlovlarda universitet professor-o‘qituvchilari tomonidan ilgari surilishi mumkin bo‘lgan innovatsion g‘oyalar, ilmiy-texnikaviy hamkorlik va yangi loyiha takliflari bo‘yicha muhim yo‘nalishlar belgilab olindi.