Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Xalqaro
Xalqaro15-may, 2025 · Tahririyat

Yana bir muhim hamkorlik qadami!

Rektor Xitoyning Canlee kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashib, talabalar amaliyoti, qo‘shma ilmiy izlanishlar va kompaniyaning O‘zbekistondagi ofisini ochish yuzasidan kelishuvlarga erishdi.

Canlee kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashuv

Kuni kecha universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz Xitoy Xalq Respublikasiga xizmat safari doirasida Hebei Chuangli (Canlee) Electromechanical Technology Co., Ltd. kompaniyasi prezidenti Mr. Li Xu va savdo bo‘yicha menejeri Ms. Chengqian bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Canlee — Xitoyning Hebei viloyatida joylashgan, 2011-yilda tashkil etilgan yuqori texnologiyali korxona bo‘lib, lazerli kesish va payvandlash uskunalarini ishlab chiqish, ishlab chiqarish va sotish sohalarida faoliyat yuritadi. Kompaniya “Milliy yuqori texnologiyali korxona” va “Innovatsion rivojlanish namunaviy korxonasi” maqomiga ega.

Ma’lumot uchun: universitet va Canlee kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolangan.

Muloqot yakunida quyidagi muhim kelishuvlarga erishildi:

— universitet talabalari uchun Canlee kompaniyasida amaliyot o‘tash imkoniyatini yaratish;

— ilmiy izlanishlarni birgalikda amalga oshirish;

— universitet Inkubatsiya markazi qoshida Canlee kompaniyasining O‘zbekistondagi ofisini ochish.

Bu kelishuv ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni mustahkamlab, ilm-fan, sanoat va innovatsiyalarni birlashtirgan yangi bosqichga yo‘l ochadi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish