
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida Tojikiston Respublikasidan o‘qish uchun tashrif buyurgan talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv doirasida xorijlik talabalarning moslashish jarayonlari muhokama qilindi, universitet ichki tartib-qoidalari bilan tanishtirildi, shuningdek muammo va takliflari tinglandi.