Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Xalqaro
Xalqaro23-may, 2025 · Tahririyat

“Xorijiy tillar” kafedrasi professor-o‘qituvchilarining Qirg‘iziston oliy ta’lim muassasalariga tashrifi

“Xorijiy tillar” kafedrasi mudiri M.Kenjayev boshchiligidagi guruh Qirg‘izistondagi O‘sh texnologiyalar universiteti va Qirg‘iz-o‘zbek xalqaro universitetida stajirovka o‘tashmoqda.

“Xorijiy tillar” kafedrasi o‘qituvchilarining Qirg‘izistondagi xizmat safari

Universitet “Xorijiy tillar” kafedrasi mudiri M.Kenjayev, professor-o‘qituvchilardan D.Mamaraimov, S.Boboyorov va M.Hayitboyev ayni damda qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasi O‘sh viloyatida joylashgan O‘sh texnologiyalar universitetida xizmat safarida bo‘lib turibdilar.

Ushbu xizmat safaridan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘sh texnologiyalar universitetining ta’lim tizimi bilan yaqindan tanishish, xorijiy tillar bo‘yicha fan dasturlarini o‘rganish, talabalarni baholash mezonlari bilan tanishish va kafedralararo ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda stajirovka o‘tashdan iboratdir.

Tashrif davomida universitet professor-o‘qituvchilari O‘sh texnologiyalar universitetining Kompyuter lingvistikasi kafedrasi va Dunyo tillari kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan uchrashib ilmiy-uslubiy sohalarda fikr almashishdi hamda dars mashg‘ulotlarida ishtirok etishdi. Ayni kunlarda professor-o‘qituvchilarimiz O‘sh texnologiyalar universitetining kompyuter lingvistikasi laboratoriyasi, dars jarayonlari va til kurslarining olib borilishi bilan yaqindan tanishmoqdalar.

Shuningdek, O‘sh texnologiyalar universiteti professori Dr. Jonbolot Tursunbayev qabulida universitet rahbariyati bilan stajirovka dasturi hamda uni amalga oshirish jarayoni va natijalari xususida kelishib olindi. O‘sh texnologiyalar universiteti rahbariyati universitetlar o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish, bunday oliy ta’lim sohasidagi hamkorliklarning kelajakda ikki tomon uchun ham ahamiyatli hamda manfaatli ekanligini alohida ta’kidladilar.

Bundan tashqari, universitet professor-o‘qituvchilari Qirg‘iz-o‘zbek xalqaro universitetining Ingliz tili filologiyasi kafedrasi va Nemis tili markazida bo‘lib, ular bilan kelgusidagi ilmiy tadqiqot va tajriba almashish bo‘yicha kelishib olishdi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish