
Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida “Geodeziya, kartografiya va kadastr” hamda “Kadastr” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun xorijiy ekspertlar ishtirokida ochiq dars tashkil etildi.
Darslarni Belarus Respublikasi Milliy kadastr agentligi baholash boshqarmasi boshlig‘i Veronika Aleksandrovna Soloveyeva hamda yetakchi baholovchi Oksana Sergeyevna Livoskaya olib bordilar.
Mavzular:
— “Geografik axborot tizimlari 2” fanidan — “Natijalarni baholash va vizualizatsiya usullari”;
— “Davlat kadastrlari geoportali va integratsiyasi” fanidan — “Geografik axborot tizimining geofazoviy ma’lumotlari va ularga ishlov berish”.
Ochiq dars davomida talabalar, magistrantlar va professor-o‘qituvchilar GAT texnologiyalarining zamonaviy qo‘llanilishi, sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan foydalangan holda kadastr tizimlaridagi yangi yondashuvlar bilan tanishdilar.
Ilm-fan va amaliyotning uyg‘unligi — universitetning ustuvor yo‘nalishi.