Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Xalqaro
Xalqaro16-aprel, 2025 · Tahririyat

Xitoyning Shimoliy-sharqiy universiteti delegatsiyasi SDTUda – 2-kun

Xitoy delegatsiyasining SDTUga tashrifi ikkinchi kuni Arxitektura fakulteti yangi binosi bilan tanishuv va Inkubatsiya markazidagi muhokamalar bilan davom etdi.

Xitoy delegatsiyasi tashrifining ikkinchi kuni, Arxitektura fakulteti binosida

Xitoy Shimoliy-sharqiy universiteti delegatsiyasining Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetiga tashrifi davom etmoqda.

Tashrifning ikkinchi kuni Arxitektura fakultetining yangi qurilayotgan binosi va unda talaba hamda professor-o‘qituvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishishdan boshlandi.

Shundan so‘ng uchrashuv universitet bosh binosidagi Inkubatsiya markazida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan kelgusi qadamlar muhokamasi bilan davom etdi.

Bugungi uchrashuvda universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz boshchiligida prorektorlar Juramirza Qayumov, Abror Gadaev, Sherzod Uzoqov, Mirolim Shodmonqulov ishtirok etdi.

Delegatsiya a’zolari:

— Prof. Dr. Yu Fuxiao – Shimoli-sharqiy universiteti Xalqaro ta’lim fakulteti dekani;

— Prof. Dr. Yang Bo – Shimoli-sharqiy universiteti Materialshunoslik va muhandislik fakulteti dekan o‘rinbosari;

— Janob Zhou Chengli – Shimoli-sharqiy universiteti o‘quv ishlari ofisi direktori o‘rinbosari;

— Janob Li Jiannan – Shimoli-sharqiy universiteti Xalqaro hamkorlik va almashinuv ofisi direktori o‘rinbosari;

— Gao Xiaoxin xonim – Shimoli-sharqiy universiteti Xalqaro ta’lim fakulteti ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha mutaxassisi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish