Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Xalqaro
Xalqaro3-mart, 2025 · Tahririyat

Xitoy delegatsiyasi bilan shaharsozlik va dizayn bo‘yicha hamkorlik muhokama qilindi

Tsinghua universitetining Pekin shaharsozlik va dizayn instituti bilan qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirishga kelishib olindi.

Xitoy delegatsiyasi bilan uchrashuv

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetiga Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri bo‘lgan Tsinghua universitetining Pekin Tsinghua Tongheng shaharsozlik va dizayn instituti vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurdi.

Universitet rahbariyati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda delegatsiya rahbari, professor Peng Jianbo institut faoliyati hamda mahalliy va xalqaro miqyosda amalga oshirilgan loyihalar haqida batafsil ma’lumot berdi. Har ikki tomon hamkorlik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z fikr va mulohazalarini bildirgan holda, shaharsozlik, landshaft arxitekturasi, dizayn va yashil shaharlarni loyihalash sohalarida qo‘shma ilmiy-tadqiqot loyihalarini amalga oshirishga kelishib oldilar.

Shuningdek, milliy ahamiyatga molik loyihalarda hamkorlik qilish orqali SDTU va Samarqand viloyatiga investitsiyalar jalb etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish