Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Ilm-fan
Ilm-fan5-dekabr, 2025 · Tahririyat

Xitoydagi xalqaro anjumanda O‘zbekiston tajribasi taqdim etildi

Prorektor Abror Gadayev Wuyi universitetidagi atrof-muhit muhandisligi anjumanida ma’ruza qildi; ikki universitet o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Xitoydagi xalqaro anjumanda O‘zbekiston tajribasi

Universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Abror Gadayev 27-noyabr – 3-dekabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Guangdong provinsiyasi Jiangmen shahridagi Wuyi universitetida o‘tkazilgan «Atrof-muhit muhandisligi 13-milliy xalqaro anjumani»da ishtirok etdi.

Anjumanda prorektor tomonidan «Climate change and sustainable operation and recharge of artesian wells in Uzbekistan» mavzusida ma’ruza o‘qildi; atrof-muhit muhandisligi ekspertlari bilan birgalikda suv muammolari, iqlim o‘zgarishi va uning ta’sirini bartaraf qilishga qaratilgan muhokamalarda ishtirok etildi.

Shuningdek, Jiangmen shahar hokimligi taklifiga asosan Municipal Education Bureau Peiying Senior High Schoolda universitetga xorijlik talabalarni jalb qilishga qaratilgan targ‘ibot ma’ruzasi o‘tkazildi. Xizmat safari doirasida Wuyi universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish