
Turkiya Respublikasining nufuzli «Business Turk» jurnali bosh muharriri, turkiy dunyo allomalari hayoti va faoliyatini yoritishda beqiyos hissa qo‘shgan, uch mingdan ortiq ilmiy maqolalar muallifi, jumladan Nobel mukofoti laureati Aziz Sanjar haqida yozilgan «Aziz Sanjar bilan 7 kun» asari muallifi, atoqli jurnalist Muhammad Ruzubay Ako‘ren bilan universitetda samimiy suhbat bo‘lib o‘tdi.
Suhbat davomida turkiy dunyoning boy ma’naviy merosi, ilm-fan va adabiyotning bugungi o‘rni, shuningdek zamonaviy jurnalistika oldidagi muhim vazifalar haqida fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida yozuvchi o‘z qalamiga mansub «Pomir va Pomir qirg‘izlari» kitobini sovg‘a qildi.