Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Xalqaro
Xalqaro6-sentabr, 2025 · Tahririyat

Xalqaro ta’lim hamkorligi sari dadil qadam

Talabalar dekanati dekani Sherzod Bozorov Xitoyda Zhejiang Normal University tashkil etgan “Bir makon, bir yo‘l” xalqaro ta’lim hamkorligi seminarida ishtirok etmoqda.

Talabalar dekanati dekani Sherzod Bozorov Xitoydagi o‘quv seminarida

Samarqand davlat texnika universiteti Talabalar dekanati dekani Sherzod Bozorov Xitoy Xalq Respublikasida Zhejiang Normal University tomonidan tashkil etilgan “Bir makon, bir yo‘l” mamlakatlari bilan xalqaro ta’lim sohasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan o‘quv seminarida ishtirok etmoqda.

Seminar dasturi davomida ishtirokchilar Jinhua, Hangzhou, Shanghai va Suzhou shaharlarida bo‘lib, quyidagi yo‘nalishlarda ma’ruza va uchrashuvlarda qatnashadilar:

Xitoy ta’lim tizimi va oliy ta’limdagi xalqaro hamkorlik imkoniyatlari;

Kasbiy ko‘nikmalarni rivojlantirish va talantlarni yetishtirish;

Talabalar mobilligi hamda global ta’lim tendensiyalari;

Raqamli intellekt davrida xalqaro hamkorlik;

Xitoy–AQSh ta’lim tajribasi va “Bir makon, bir yo‘l” mamlakatlari bilan hamkorlik istiqbollari.

Seminar doirasida ilmiy-amaliy ma’ruzalar bilan bir qatorda turli universitetlar, o‘quv markazlari, muzeylar va madaniy obidalarga tashriflar ham rejalashtirilgan.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish