
17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetining 1-sonli talabalar turar joyida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir doirasida xush kayfiyat ulashuvchi raqs va musiqiy chiqishlar, shuningdek ijodkor va iste’dodli yoshlar ishtirokida ko‘rik-tanlovlar tashkil etildi. Universitetning ijtimoiy hayotida faol va tashabbuskor talabalar e’tirof etilib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.