Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/E’lonlar
E’lonlar29-oktabr, 2025 · Tahririyat

“O‘tmishni asrab, kelajakni barpo etish” seminari doirasida talabalar uchun amaliy mashg‘ulotlar

6-noyabrda o‘tadigan xalqaro seminar doirasida talabalar uchun ikkita amaliy seminar — restavratsiya-konservatsiya va barqaror arxitektura innovatsiyalari yo‘nalishlarida — tashkil etiladi.

Talabalar uchun amaliy seminar mashg‘uloti

Joriy yilning 6-noyabr kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida UNESCO rahnamoligida bo‘lib o‘tadigan “O‘tmishni asrab, kelajakni barpo etish” mavzusidagi xalqaro seminar doirasida talabalar uchun amaliy seminarlar tashkil etiladi:

Seminar A.

Tadqiqot yo‘nalishi: qurilishning mahalliy an’analaridagi restavratsiya va konservatsiya amaliyotlari — “Tarixiy ko‘cha muhiti doirasida restavratsiya, konservatsiya va siluet tahlili”.

Seminar B.

Tadqiqot yo‘nalishi: barqaror arxitekturadagi innovatsiyalar va ularning tarixiy muhitni tiklash hamda ko‘cha siluetini restavratsiya qilishga ta’siri.

Ro‘yxatdan o‘tish 2025-yil 1-oktabrdan boshlanadi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish