Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Tadbirlar
Tadbirlar4-may, 2025 · Tahririyat

Xalqaro qurilish va ko‘chmas mulk ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

3–4-may kunlari Toshkentda o‘tgan “Tashkent Build Pro Expo 2025” ko‘rgazmasida rektor Dr. Chidem Turkyilmaz so‘zga chiqdi, universitet esa xorijiy hamkorlar bilan o‘z pavilyonini tashkil qildi.

Tashkent Build Pro Expo 2025 ko‘rgazmasidagi universitet pavilyoni

3–4-may kunlari Toshkent shahrida “Tashkent Build Pro Expo 2025” xalqaro qurilish materiallari ko‘rgazmasi, ko‘chmas mulk yarmarkasi va qurilish yo‘nalishidagi biznes-forum bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rgazmaning ochilish marosimida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universiteti rektori Dr. Chidem Turkyilmaz so‘zga chiqib, qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish, zamonaviy loyihalash yondashuvlari borasida olib borilayotgan ishlar hamda bu jarayonlarda sifatli ta’limning o‘rni haqida so‘z yuritdi.

Ko‘rgazmada universitet vakillari faol ishtirok etib, xorijiy hamkorlar bilan o‘z pavilyonini tashkil qildi. Shuningdek, xorijiy va mahalliy tashkilot hamda korxonalar vakillari bilan kelajakdagi hamkorlik hamda investitsiya masalalari muhokama qilindi.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish