Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/E’lonlar
E’lonlar29-oktabr, 2025 · Tahririyat

Xalqaro ilmiy-texnik anjumanga taklif

2025-yil 14–15-noyabr kunlari SDTUda “Jahon taraqqiyotida iqtisodiyot va boshqaruvning dolzarb muammolari va yechimlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-texnik anjuman o‘tkaziladi; ariza 31-oktabrgacha qabul qilinadi.

SDTU e’loni banneri

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 27-dekabrdagi buyrug‘iga muvofiq, 2025-yil 14–15-noyabr kunlari Samarqand davlat texnika universitetida “Jahon taraqqiyotida iqtisodiyot va boshqaruvning dolzarb muammolari va yechimlari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-texnik anjuman o‘tkaziladi.

Anjuman maqsadi — yangi O‘zbekiston taraqqiyoti sharoitida investitsion-qurilish sohasidagi tashkiliy-iqtisodiy muammolarni hal etishda jahon ilm-fan yutuqlarini tatbiq etish va ularni yanada takomillashtirishga qaratilgan ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish.

Anjuman yo‘nalishlari:

— O‘zbekistonda qurilish sanoati raqobatbardoshligini oshirishning dolzarb muammolari;

— qurilish sohasida innovatsion rivojlanish, raqamlashtirish va sun’iy intellektdan foydalanish imkoniyatlari hamda xavf-xatarlari;

— “Yashil iqtisodiyot” strategiyasi doirasida qurilishning atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish masalalari va jahon tajribasi;

— O‘zbekistonda ko‘chmas mulk bozorini rivojlantirish muammolari va ularning innovatsion yechimlari;

— mintaqaviy iqtisodiyotning dolzarb muammolari va ularning yechimlari.

Ma’ruzalar va tezislar to‘plami nashr etiladi. Ishtirokchilardan 2025-yil 31-oktabrgacha o‘z ilmiy ishlarini elektron shaklda tashkiliy qo‘mitaga yuborishlari so‘raladi.

Manzil: 140147, Samarqand shahri, Lolazor ko‘chasi, 70-uy, Samarqand davlat texnika universiteti, Anjuman tashkiliy qo‘mitasi. Elektron manzil: muratov.rustam@samdaqu.edu.uz.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: Turdibekov Yusuf — +998 90 270 45 30, Jumanov Sherzod — +998 93 357 12 18.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish