Asosiy qismga o‘tish
SDTU — Samarqand davlat texnika universiteti
Yangiliklar/Xalqaro
Xalqaro5-may, 2025 · Tahririyat

Xalqaro hamkorlik yo‘lida yangi qadam

SDTUda Turkiya va Qozog‘iston universitetlari professorlari ishtirokidagi uchrashuvda 2025–2026 o‘quv yilida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Xorijlik professorlar bilan hamkorlik uchrashuvi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat texnika universitetida Turkiyaning Sakarya universiteti professori Ali Choruh hamda Xo‘ja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti professorlari Ramankulov Sherzod va Kurbanbekov Bakitjan ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv “Atrof muhitni muhofaza qilishda innovatsion texnologiyalar” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro ilmiy-texnik konferensiya doirasida tashkil etildi. Tadbir davomida 2025–2026 o‘quv yilida ikki oliygoh o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini kengaytirish, qo‘shma tashkiliy va ilmiy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda universitet rektori Dr. Chidem Turkyilmaz, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Abror Gadayev, strategik rivojlantirish bo‘yicha birinchi prorektor Juramirza Qayumov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Mirolim Shodmonqulov, shuningdek, Atrof-muhit muhandisligi kafedrasi mudiri Norqulov Bohodir va doktorantlar ishtirok etdilar.

Talaba portretiTalaba portretiTalaba portreti
SDTU QABUL-2026Ta’lim yo‘lingizni SDTU bilan boshlang. Yo‘nalishlarimiz bilan tanishing, ilhomlantiruvchi ustozlarni uchrating va jonli talabalar jamoasining bir qismiga aylaning. Hujjat topshiring va kelajagingizni biz bilan quring.
Bog‘lanish